Xitoylik keksa er-xotinlar 54 yildan beri g`orda yashaydi(Foto)

11:02, 14 sentabr

Xitoyning Sichuan provinsiyasidan bo`lgan keksa er-xotinlar 54 yil mobaynida g`orda yashadi va hukumatning kimsasiz g`ordan ko`chib ketish haqidagi buyruqlariga qaramay, bu erni tark etishni istamayapti. Bu haqda “Tjournal” nashri xabar bermoqda

81 yoshli Lyan Szfu va uning 77 yoshli rafiqasi Li Suin 54 yil avval uy sotib olishga qurbi etmagani uchun kimsasiz g`orga ko`chib ketgan edi. Vaqt o`tishi bilan er-xotinlar g`orga ancha ko`nikib qoldi, u erda o`zlarining hayotini o`tkaza boshladi. G`orning ichidan yotoqxona, oshxona, mehmonxona kabi xonalar ajratishdi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, g`orda yashagan vaqtida er-xotin to`rt nafar farzand ko`rishdi. Xitoy hukumati mazkur oilaga uy berishni rejalashtirgan, biroq er-xotinlar g`ordan ko`chib ketishni istamayapti. 

Lyan Szfu va Li Suinga o`xshab g`orda yashashni ixtiyor etganlar Xitoyda talaygina. 2011 yilda jurnalistlar g`or ichida qishloq mavjudligini aniqlagan edi. G`orda yuzdan ortiq inson istiqomat qiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!