Turkmanistonda prezidentlikka nomzodlarga qo`yiladigan talablardan biri olib tashlandi

11:17, 14 sentabr

Turkmaniston parlamenti 14 sentyabr, chorshanba kuni yangi konstitusiya qabul qildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

Endilikda yangi kuchga kirgan konstitusiyaag muvofiq endilikda prezidentlikka nomzod shaxslar 70 va undan katta yoshda bo`lishi mumkin. Shuningdek, mamlakat prezidentining vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. 

Yangi konstitusiya parlament tomonidan bir ovozdan qabul qilindi. 

Ovoz berish jarayoni Turkmaniston Oqsoqollar kengashi majlisida bo`lib o`tdi. 

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov qonunni imzoladi va qonun shu zahotiyoq kuchga kirdi. 

Mamlakatning avvalgi konstitusiyasiga ko`ra, davlat prezidenti lavozimiga Turkmanistonda tug`ilgan, 40 yoshdan yosh va 70 yoshdan katta bo`lmagan fuqaro saylanishi mumkin edi. Yangi konstitusiyada esa “70 yoshdan katta bo`lmagan” so`zlari olib tashlandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!