Xitoy tarixidagi eng qimmat ajrashish jarayoni yakunlandi

11:40, 14 sentabr

Xitoyda mamlakat tarixidagi eng qimmat ajrashish jarayoni qayd etildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Onlayn internet o`yinlari bo`yicha Beijing Kunlun Tech kompaniyasi rahbari Chjou Yaxuey va uning rafiqasi Li Syun o`rtadagi mol-mulkni bo`lib olish haqida kelishuvga imzo qo`yishdi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, kompaniya rahbari sobiq rafiqasiga kompaniyaning qariyb 300 million aksiyasini beradi. Hozirgi kunda ularning bozor narxi 1,1 milliard dollarni tashkil etadi. 

Chjou Yaxueyning o`zi esa kompaniya aksiyalarining 34,5 foizi ya`ni 386 millionga egalik qiladi. U kompaniya ustidan nazoratni o`zi amalga oshiradi.

Kompaniyaning rasmiy axborotida ma`lum qilinishicha, rahbarning ajarashishi kompaniyaning uzluksiz ishlashiga ta`sir ko`rsatmaydi.

Chjou Yaxuey 39 yoshda, uning sobiq rafiqasi esa o`zidan bir yosh kichik.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!