Daholarga xos bo`lgan 11 odat

12:53, 14 sentabr

Oddiy odamlar «daho» so`zini eshitganda  reallikdan yiroq bo`lgan odamni tasavvur qilishadi. Ammo psixologlar daholarning g`alati odatlari bo`lganligi haqida ishontirishmoqda. Ehtimol ichingizdan ayrimlaringiz ushbu materialni o`qib, o`zingiz yoki yaqiningizda haqiqiy dahoni tanib olarsiz.

1. Qisqa uyqu

Shifokorlar bir kunda etti-sakkiz soat uxlash kerakligini tavsiya etishsa ham daholar bu fikrga kamdan-kam amal qilishadi. Mashhur kashfiyotchi Nikola Tesla bir sutkada ikki soat uxlaganini, ba`zida esa 84 soatlab tinimsiz ishlaganini aytgan. Tarixchilar Leonardo da Vinchi har to`rt soatda 20 daqiqadan uxlagani haqidagi ma`lumotlar bor.

2. Mushuklarga bo`lgan muhabbat 

Tarixdan ma`lum bo`lishicha, yuqori intellektga ega ijodkor odamlar mushuklarning ishqibozi bo`lishgan. Masalan, bu uy hayvonini Salvador Dali, Anri Matiss va Ernest Xeminguey sevgan. Tadqiqotlarning ko`rsatishicha, mushuklarning egalari juda yuqori IQ va juda yaxshi bilimga ega bo`lishadi.

3. Tartibsizlik

Genial odamlarning ustaxonalari va xonalari odatda tartibsiz bo`ladi. Psixologlarning tadqiqotlari ivirsiq stol ijodiy fikrlashga olib kelishini isbotlagan. Masalan, Mark Tven ham mashhur ivirsiq bo`lgan.

4. Tushunarsiz husnixat

Agar kimdir xusnixatingiz tushunarsizligi haqida aytsa buni maqtov deb qabul qiling. Tadqiqotlarning ko`rsatishicha, daho odamlarning xusnixatlari juda hunuk bo`ladi, sababi ularning miyalari qo`llaridan tezroq ishlaydi.

5. Atletik qomat

Sportchilar ikkita gapni qo`shib gapirolmaydi degan fikr noto`g`ri. Aytaylik, Pifagor bokschi bo`lgan. Bekorga Qadimiy Gresiya juda ko`plab faylasuflar makoni bo`lgan emas. Greklar atletik qomat daholarning ko`rinishi deb hisoblashgan. 

6. Ertalabki qahfa

Betxoven musiqa bo`yicha daho bo`lgan. U har kun ertalab roppa-rosa 60 ta qahva donasini bir finjon qahva uchun sanab solgan. Benjamin Franklin bo`sh vaqtini qahva do`konlarida o`tkazgan, Balzak esa qahvaga bog`lanib qolganligini asarlarida ham yozib qoldirgan.

7. Yolg`izlikni sevish
Deyarli barcha daholar — introvertlardir, ularning ayrimlari esa ahamiyatli narsalar faqat yolg`izlikda amalga oshishiga ishonishgan. Yozuvchi Jeyn Ostin uning oldiga kimdiri to`satdan kirib qolmasligi uchun eshigiga g`ichirlaydigan qulf osib qo`ygan.

8. Uzoq sayrlar

Syoren Kerkegor va Charlz Dikkens kabi buyuk daholarga eng yaxshi g`oyalar sayr paytida kelgan. Kerkegor sayrdan keyin g`oyalarini yozib olish uchun uyga shoshgan. Betxoven sayr paytida doim yonida qalam va yon daftar olib yurgan. Chaykovskiy har kuni ikki soatdan sayr qilib, sayr qilmay qolsa kasal bo`lib qolishiga ishongan.

9. Shaxsiy kundalik

Leonardo da Vinchi, Volfgang Amadey Mosart, Virjiniya Vulf va boshqa aksariyat iste`dodli odamlar o`z fikrlarini yozib borishgan. Fransuz rassomi Ejen Delakrua o`z kundaligi haqida shunday degan: «Uzoq tanaffusdan so`ng men yana kundaligimni yuritishga kirishdim. Bu mening asablarimni tinchlantirishning birdan-bir yo`li».

10. Musiqaga muhabbat

Leonardo da Vinchi bir yo`la bir nechta asbobni chalishni bilgan va hatto o`zining asbobini ham yaratgan. Galileyni esa musiqa turli falsafiy ishlarni yaratishga ilhomlantirgan.

11. Tabiatga muhabbat

Ralf Uoldo Emerson, Genri Devid Toro va Robert Frostlar tevarak atrofga katta muhabbat his qilishgan. Ularning ayrimlari eng yaxshi ishlarini yolg`izlikda ochiq havoda yaratishgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!