AQShda Galaxy Note 7 smartfonlari yonishi bilan bog`liq 70 ta holat qayd etildi

13:24, 14 sentabr

AQShda Galaxy Note 7 smartfonlari sotilishi boshlanganidan beri ularning yonib ketishi bilan bog`liq 70 dan ortiq holat qayd etildi, deb yozadi “Tjournal” Kanada hukumati va Samsung kompaniyasining axborotiga asoslanib. 

Hozirgi kunga qadar dunyo bo`yicha Note 7 smartfonlarining yonishi bilan bog`liq 35 ta holat qayd etilgan edi. 

Biroq 13 sentyabrda Kanada hukumati saytida yangilangan ma`lumotlar paydo bo`ldi. Health Canada va Samsung Canada bir marta smartfon batareyasi yonib ketganini aniqladi. Yong`in oqibatida hech kim jabrlanmagan. 

Ma`lumotlarga ko`ra, Kanadaning o`zida Note 7 smartfonlari sotila boshlanganidan so`ng tezda qaytarib berish shart bo`lgan 21 953 ta apparat sotilgan.

Hozirgi paytda Note 7 smartfonlarini o`nlab aviakompaniyalar samolyotlarida quvvatlantirish va undan foydalanish taqiqlangan. 

Samsung kompaniyasi esa mijozlarni xavfli uskunalardan himoya qilish maqsadida masofadan turib mazkur qurilmalarni o`chirish rejasini ko`rib chiqmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!