Buxoroda “Diqqat, bolalar!” tadbiri o`tkazildi

13:28, 14 sentabr

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan bolalar ishtirokida sodir etiladigan yo`l-transport hodisalarining oldini olish, maktabgacha ta`lim muassasalari, umumta`lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida profilaktik ishlarni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan tadbir doirasida joylarda keng ko`lamli amaliy-tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda, deb yozadi O`zA. 

Buxoro shahri hududida joylashgan va xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan avtomobil yo`llari yoqasidagi umumta`lim maktablariga qatnovchi o`quvchilarning harakat xavfsizligini ta`minlashda viloyat Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda alohida yo`l-patrul xizmati otryadlari hamkorligi qo`l kelayotir. Avtomobil yo`llarida transport vositalari va piyodalar harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida joriy yilning o`tgan davrida 420 dan ortiq yangi yo`l belgisi o`rnatildi, 900 ga yaqin yaroqsiz belgi almashtirildi. 

“Diqqat, bolalar!” tadbiri davomida to`planayotgan tajriba avtotransport vositalari va piyodalar harakat xavfsizligini ta`minlash va ularning bu boradagi mas`uliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!