Xose Mariya Mendez: G`alabani qo`ldan boy berganimizdan afsusdaman

15:11, 14 sentabr

Futzal bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez Kolumbiyaga qarshi (3:3) JCh–2016 “A” guruhi 2-turidan so`ng o`yin haqidagi fikrlarini bildirdi. Uning so`zlarini O`FA matbuot xizmati “Telegram”dagi kanali orqali keltirdi.

“Bugun biz yaxshi o`yin namoyish etdik. Albatta, Kolumbiya singari kuchli jamoa bilan durang qayd etish hammagayam nasib qilmaydi, lekin g`alabani qo`ldan boy berganimzdan afsusdaman”, – dedi Xose Mariya Mendez.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma jamoasi 1 ochko bilan “A” guruhida so`nggi pog`onani egallab turidi. Portugaliya 4 ochko bilan guruhda peshqadam. Panama 3 ochko bilan ikkinchi, Kolumbiya 2 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!