Uchuvchisiz uchar qurilmalar ro`yxatdan o`tkaziladi

16:12, 14 sentabr

Vazirlar Mahkamasining 31 avgustdagi qarori bilan O`zbekiston fuqarolik va davlat aviasiyasida uchuvchisiz uchar qurilmalardan foydalanish tartiblari tasdiqlandi. Bu haqda “Norma.uz” nashriga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda

2015 yil 1 yanvardan O`zbekistonga uchuvchisiz uchar qurilmalarni olib kirish, sotish va foydalanishga to`liq taqiq qo`yilgan edi (kod TN VED 8802 20 000 0). 2016 yil mayidan esa o`zining alohida qarorlari bilan uchuvchisiz uchar qurilmalarni import qilish, sotish va parvozlariga ruxsat berish imkoniyatlarini ko`rib chiqdi.

Yangi hujjatda o`yinchoqlar, aviamodellar va uchuvchisiz uchar qurilmalar o`rtasidagi farqlar keltirib o`tilgan.

Fuqarolarning shaxsiy foydalanishi uchun vazni 250 gramdan ortiq bo`lmagan, TN VED 8802 20 000 0 kodiga mos tushmaydigan, avtonom boshqarish va navigasiya funksiyalarisiz, foto va video uskunalar bilan ta`minlanmagan uchish uskunalari o`yinchoq havo kemalari sifatida tasniqlanadi.

Havo kengliklarida o`yinchoq modellardan foydalanish uchun ruxsatnoma olish talab qilinmaydi. 50 metrgacha balandlikda, aerodroslarning uchish yo`laklaridan 150 metrdan yaqin bo`lmagan joylarda, odamlardan xavfsiz masofada uchish uskunasi bilan doimiy vizual aloqa o`rnatilgan taqdirda o`yinchoq modellar parvozlarini amalga oshirish mumkin.

Aviamodellarning o`yinchoqlardan farqli jihati ular vaznining 250 gramdan ortishi hamda o`quv, sport, madaniy-ma`rifiy tadbirlar, texnik ijodkorlikni rivojlantirishga mo`ljallanganidadir. Aviamodellar parvozi faqatgina havo kemalarining qonunchilikka mos keluvchi maxsus parvoz hududlarida amalga oshiriladi.

Havo kemalarining o`yinchoq modellari yoki aviamodellardan tashqari boshqa barcha shakllari uchuvchisiz uchish qurilmalari sifatida toifalanadi.

Uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat olish uchun dastlab ularga o`rnatilgan radioelektron vositalardan foydalanish uchun ijozat olish talab qilinadi.

Foydalanishga ruxsat berish Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda qurilma sanoat miqyosida ishlab chiqarilgan, ishlab chiqaruvchi zavod pasportiga ega bo`lishi hamda parvoz vazni 25 kilogramgachani tashkil etishi lozim. Murojaatlar 10 ish kuni ichida ko`rib chiqiladi.

Xorijiy davlatlar uchuvchisiz uchish qurilmalarining O`zbekiston havo kengliklarida parvoz qilishiga faqatgina Vazirlar Mahkamasi ruxsati bilan yo`l qo`yiladi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!