Avstraliyada dunyodagi eng uzun velosiped yaratildi(Video)

16:20, 14 sentabr

Avstraliyalik muhandis-talabalar bir vaqtning o`zida 20 kishi boshqarishi mumkin bo`lgan dunyodagi eng uzun velosipedni ixtiro qilishdi. Bu haqda “Korrespondent.net” nashri xabar bermoqda

Velosipedning uzunligi 41 metr, og`irligi esa 3 tonna atrofida. Velosipedning videosi YouTube`da e`lon qilindi. Biroq velosipedning eng katta kamchiligi unda faqatgina ikkita g`ildirak borligida. Shuning uchun velosipedda muvozanatni saqlab turish o`ta mushkul.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!