Rio–2016. O`zbekistonlik Aleksandr Svechnikov Paralimpiya chempioni bo`ldi!

09:00, 15 sentabr

Rio–2016 Paralimpiya o`yinlarining ettinchi kuni O`zbekiston terma jamoasi uchun ancha omadli bo`ldi.

Engil atletika musobaqasining nayza uloqtirish bahslarida ishtirok etgan o`zbekistonlik Aleksandr Svechnikov Paralimpiya o`yinlari rekordi bilan oltin medalni qo`lga kiritishga muvaffaq bo`ldi.

Hamyurtimiz nayzani 65,69 metrga uloqtirib, O`zbekiston delegasiyasiga hisob bo`yicha 7-oltin medalni taqdim qildi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!