Rio–2016. Ikki nafar suzuvchi qizlarimiz Paralimpiya o`yinlari sovrindori bo`ldi

09:36, 15 sentabr

Rio–2016 Paralimpiya o`yinlarining ettinchi kunida bo`lib o`tgan suzish bahslarida ikki nafar o`zbekistonlik qizlarimiz sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

50 metrga erkin suzish bahslarida ishtirok etgan o`zbekistonlik Muslima Odilova va Shohsanamxon Toshpo`latova mos ravishda kumush va bronza medallariga sazovor bo`ldi.

Rio–2016 Paralimpiya o`yinlari chempioni hamda bittadan kumush va bronza medali sohibi Fotimaxon Amilova bu safar sovrindorlar qatoridan chetda qoldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!