Rio–2016. Muzaffar Tursunxo`jaev Paralimpiya o`yinlarining bronza medali sohibi

09:49, 15 sentabr

Rio–2016 Paralimpiya o`yinlarining ettinchi kunidan o`rin olgan suzish bahslarida O`zbekiston vakili Muzaffar Tursunxo`jaev bronza medaliga sazovor bo`ldi.

Erkaklar o`rtasida 50 metrga erkin suzish usulida hamyurtimiz Muzaffar Tursunxo`jaev 24,21 soniyalik vaqt bilan marraga uchinchi bo`lib etib keldi va Paralimpiya bronza medalini qo`lga kiritdi.

Avvalroq ikki nafar o`zbekistonlik suzuvchi qizlarimiz Paralimpiya o`yinlarida sovrindor bo`lgani haqida xabar bergandik. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!