NAHORGA EYILMAYDIGAN 5 MAHSULOT

10:07, 15 sentabr

BANAN – tarkibida magniy miqdori yuqori bo`lganligi bois, organizmda magniy-kalsiy balansi izdan chiqishi mumkin. Bu esa yurakka ziyondir.

APELSIN ShARBATI – och qoringa xom meva sharbatini iste`mol qilish, qorin dam bo`lishi, gaz to`planishiga sabab bo`ladi. Yaxshisi, engil tamaddiq qiling-da, so`ng sharbat iching.

QATIQ – nonushtadan so`ng yarim soat o`tgach, iste`mol qilsangiz ovqat hazm bo`lishi me`yorlashadi. Yoki uxlashga yotishdan oldin eb oling. Och qoringa eyilganida esa hech qanday foyda bo`lmaydi.

POMIDOR – nonushtani sabzavotli salat bilan boshlashga shoshilmang.  Och qoringa eyilgan pomidor yoki undan tayyorlangan salat me`da suyuqligini ta`sirlantirib, qorinda og`irlik paydo qiladi.

ShAKARLI ChOY – avval biror nima tamaddi qiling-da, so`ng shirin choy iching. Aks holda shakar tarkibidagi moddalar organizmdagi ishqor balansini o`zgartirib yuborishi mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!