Xose Mariya Mendez: Biz Rikardinoga qarshi alohida taktika qo`llamaymiz

10:24, 15 sentabr

Futzal bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez Portugaliya bilan bo`lib o`tadigan o`yin oldidan o`z firklarini bildirdi. Mutaxassisning so`zlari O`FA matbuot xizmatining "Telegram"dagi sahifasida keltirildi. 

“Portugaliya dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri, ammo bizning yo`qotadigan narsamiz yo`q. Ertaga Kolumbiya bilan kechgan uchrashuvdagidek harakat qilishimiz lozim. Biz Rikardinoga qarshi alohida taktika qo`llamaymiz. Biz butun Portugaliya termasiga e`tibor qaratamiz. Bunday taktikani biz Kolumbiyaga qarshi ham ishlatgan edik.

O`zbekiston keyingi bosqich masalasini allaqachon hal qilishi kerak edi. Panamadan uchragan mag`lubiyat ko`p narsani o`zgartirib yubordi. Nima bo`lganda ham, biz keyingi bosqich uchun kurashishga tayyormiz”, – deydi Xose Mariya Mendez.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma jamoasi JCh–2016 “A” guruhi 2-turidan keyin 1 ochko bilan so`nggi o`rinda bormoqda. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!