UZUMNING 9 FOYDASI

10:54, 15 sentabr

•  Uzum mevasi A, S, V6 vitaminlariga boy. Shuningdek, kaliy, kalsiy, temir, fosfor, magniy va selen moddalari ham talaygina. Ushbu foydali birikmalar yurakka quvvat bo`lib, immunitetni mustahkamlaydi.  

•  Uzum danagida A va E vitaminlari bo`lib, mevasi bilan birga eyilganda organizmni yoshartiradi.

•  Ba`zilar uzum po`stini yoqtirishmaydi. Aslida esa aynan po`sti bilan iste`mol qilinsa, ichaklarda tiqin hosil bo`lishining oldini oladi. 

•  Uzum ishtahani yaxshilaydi. Uyqusizlik, ishtaha yo`qolishi kabi holatlarda qora uzum sharbati yoki mevasi ayni muddao.

•  Uzumning qora navi buyrak va jigarni a`lo darajada tozalaydi. Husayni navi esa o`t pufagida tosh yig`ilishida ko`makchi vositadir. Shuningdek, peshob haydash xususiyatiga ham ega.

•  Foydali bo`libgina qolmay, uzumning ham nojo`ya ta`siri bo`lishi mumkin. Masalan, allergik holatlarga moyilligi borlar uchun qora nav uzum tavsiya etilmaydi.

•  Tarkibidagi antioksidantlar hisobiga bir bosh uzum mevasi asabni tinchlantiradi. Ayniqsa, uyqu oldidan ozroq uzum eyilsa, xotirjamlikka erishasiz. 

•  Bu meva nafas yo`llari va o`pka xastaliklarida ham asqatadi. Shu bois astmaga chalinganlarga vaqti-vaqti bilan uzum iste`mol qilish tavsiya etiladi. 

•  Tavsiya etilmaydi: qandli diabet, oshqozon-ichaklardagi muammolar, semizlik, hazm faoliyati buzilganda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!