15 daqiqada tayyorlanadigan 5ta pechene resepti

11:07, 15 sentabr

KOKOSLI PEChENE

Zarur masalliqlar:

•  100 g un;
•  100 g shakar;
•  200 g kokos qirindisi;
•  2 ta tuxum;
•  1 ch. l. razrixlitel.

Tayyorlanishi:
1.  Tuxumni shakar bilan aralashtiring.
2.  Kokos qirindisini soling.
3.  Unni razrixlitel bilan kam-kam qo`shib, xamir qoring.
4.  Xamirni yarim soatga muzlatkichga qo`ying.
5.  Qo`lingizni namlab, xamirdan pechenelar shaklini yasang.
6.  Pechenelarni 180°S  haroratda qizdirilgan gaz pechida 15 daqiqa davomida pishirib oling.

OLMALI PEChENE

Zarur masalliqlar:
•  120 g shakar;
•  1 paketcha vanilin;
•  4 tuxum;
•  200 g margarin;
•  500 g un;
•  1 paketcha razrixlitel;
•  3 olma.

Tayyorlanishi:
1.  Tuxumni shakar va vanilin bilan aralashtiramiz, eritilgan margarinni qo`shamiz, keyin un bilan razrixlitelni  solib xamir qoramiz.
2.  Olmalarni tozalab, kubik shaklida to`g`raymiz va xamirga solamiz.
3.  Maxsus qog`oz solingan tovaga qoshiq bilan xamirdan olib qo`yib chiqamiz va 200 °S haroratda qizdirilgan gaz pechida 10-15 daqiqa davomida pechenelarni tillo rangga kirguncha pishirib olamiz.

KUNJUTLI PEChENE

Zarur masalliqlar:
•  70 g un;
•  60 g sariyog`;
•  120 g shakar;
•  1 tuxum;
•  1/2 kichik qoshikda vanilin yoki 1 paketcha vanil shakari;
•  1 kichik qoshiqda limon soki;
•  160 g kunjut;
•  1/2  kichik qoshiqda razrixlitel;
•  1/2 kichik qoshiqda tuz.

Tayyorlanishi:
1.  Un, razrixlitel va tuzni aralashtiramiz.
2.  Yumshatilgan sariyog`ni shakar bilan aralashtirasiz, keyin tuxum, vanil va limon soki qo`shilib, mikserda 20–30 soniya aralashtiriladi.
3.  Mikserni sekin qo`zg`ab, un kam-kam qo`shiladi.
4.  Hosil bo`lgan xamirga kunjutni ham solib, aralashtirasiz.
5.  180°S  haroratda qizdirilgan gaz pechida, maxsus qog`oz to`shalgan tovada aylana shaklidagi pechenelarni 8-15 daqiqa davomida pishirib olamiz. 

ShOKOLADLI PEChENE

Zarur masalliqlar:
•  240 g shokolad;
•  4 osh qoshiq sariyog`;
•  2/3 piyola un;
•  1/2 k. q. razrixlitel;
•  1/2 k. q. tuz;
•  2 katta tuxum;
•  3/4 piyola shakar;
•  1 k. q. vanil shakari
•  150 g mayda to`g`ralgan shokolad.

Tayyorlanishi:
1.  Gaz pechini 180°S  haroratgacha qizdiring.
2.  Tovaga maxsus qog`oz tushang.
3.  Shokoladni maydalang.
4.  Mikser bilan shakar, tuxum va vanil shakarini aralashtiring (4 daqiqa davomida).
5.  240 g shokoladni sariyog` bilan suvli bug`da yoki mikrovalnoviy pechda eriting. 
6.  Eritilgan shokoladni shakarli aralashmaga qo`shing.
7.  Alohida idishda un, razrixlitel va tuz. Unga shokoladli aralashmani qo`shib xamir qoring.
8.  Xamirga qolgan 150 g shokolad bo`lakchalarini soling.
9.  Aylana shaklidagi pechenelarni 12–15 daqiqa davomida pishirib oling.

«MADLEN» PEChENELARI

Zarur masalliqlar:
•  120 g un;
•  2 tuxum;
•  80 g shakar;
•  90 g sariyog`;
•  1 katta qoshiqda limon suvi;

Tayyorlanishi:
1.  Sariyog`ni eritib, tuxum va shakarni qo`shasiz.
2.  Mikser bilan yaxshilab aralashtiring.
3.  Un va limon sokini solib, xamir qoring.
4.  190–200°S   haroratda qizdirilgan gaz pechida 12–15 daqika davomida pishirib oling.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!