Angliya chempioni – “Lester” EChL turnirini yirik g`alaba bilan boshladi (Video)

11:08, 15 sentabr

Evropa chempionlar ligasi “G” guruhi 1-turidan Angliya chempioni “Lester Siti” safarda Belgiyaning “Bryugge” jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Guruhning ikkinchi o`yinida esa “Portu” o`z maydonida “Kopengagen” futbolchilarini qabul qildi.

O`tgan mavsumning sensasiyasiga aylangan “Lester” EChLni yirik g`alaba bilan boshladi. Riyad Mahrezning dubli va Mark Olbraytonning goli “tulkilar”ning yirik g`alabasini ta`minladi.

“Bryugge” – “Lester” 0:3

Gollar: 0:1 – 5 Olbrayton, 0:2 – 29 Marez, 0:3 – 61, penalti Marez.

Portugaliyaning “Portu” jamoasi esa kutilmaganda Daniyaning “Kopengagen” klubi bilan durang o`ynadi. Ushbu bellashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.

“Portu” – “Kopengagen” 1:1 

Gollar: 1:0 – 13 Otavio, 1:1 – 52 Kornelius.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!