Samarqand viloyati dalalarida paxtakorlar uchun 100 dan ortiq ko`chma do`kon xizmat ko`rsatishni boshladi

11:38, 15 sentabr

Samarqand viloyati fermerlari joriy yilda 88 ming 700 gektar maydonda g`o`za parvarishladi. Ayni paytda dalalarda qiyg`os ochilgan paxta hosilini qisqa fursatlarda sifatli yig`ib-terib olish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda O`zA xabar bermoqda

Mas`uliyatli pallada terimchi va mexanizatorlar, fermer xo`jaliklari a`zolarining samarali mehnat qilishi va maroqli hordiq chiqarishi uchun zarur sharoit yaratish, ularga sifatli savdo va maishiy xizmat ko`rsatish maqsadida viloyatdagi savdo korxonalari tomonidan yuzdan ortiq ko`chma avtodo`konlar tashkil etildi. 

Viloyat hokimligi tashabbusi bilan Pastdarg`om tumanida o`tkazilgan ko`rgazmali seminarda mazkur ko`chma do`konlarni kerakli oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash, ular tomonidan sifatli xizmat ko`rsatilishiga erishish masalalari muhokama etildi. 

Seminarda mavsum davomida aholi va terimchilarni zarur maishiy buyumlar, kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar belgilandi. Fermer xo`jaliklari va tegishli tashkilotlar ta`minotchi korxonalar bilan shartnomalar tuzdi. 

Seminarda Samarqand viloyati hokimi Z.Mirzaev so`zga chiqdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!