Sevinch va Sharof yana birgami?(Foto)

11:44, 15 sentabr 2016

Xonanda Sharof Muqimov o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga Sevinch va qizi Leyla bilan tushgan suratlarini joylashtirdi. 

Suratlardan ma`lum bo`lishicha, Sharof Muqimov rafiqasi va qizi bilan do`konlarni birga aylangan.

“Ona qizim, sen bilan o`tadigan onlarim naqadar zavqli”, deya izohladi xonanda suratlardan birini. 

Sharof Muqimovning oilaviy suratlariga muxlislar mamnuniyat bilan izohlar qoldirmoqda. 

“Sizlarni birga ko`rib xursand bo`ldim. Juda chiroyli oila. Ko`z tegmasin”, deb yozdi ulardan biri.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!