EChL. “Yuventus” o`z maydonida “Sevilya”ni mag`lub eta olmadi

11:55, 15 sentabr

Evropa chempionlar ligasining “H” guruhi birinchi turida “Yuventus” jamoasi o`z maydonida “Sevilya” futbolchilari bilan bahs olib bordi. Guruhning ikkinchi o`yinida “Lion” va “Dinamo Zagreb” o`zaro kurashdi.

Turin shahrida bo`lib o`tgan bellashuvda hisob ochilmadi va tomonlar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekishga majbur bo`lishdi.

“Yuventus” – “Sevilya” 0:0 

O`z maydonida “Dinoma Zagreb”ni qabul qilgan “Lion” raqib darvozasini 3 marta ishg`ol qilib, yirik g`alabani qo`lga kiritdi.

“Lion”  – “Dinamo Zagreb” 3:0

Gollar: 1:0 – 13 Tolisso, 2:0 – 49 Ferri, 3:0 – 57 Korne. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!