EChL. “Tottenxem” “Monako”ga yutqazdi, SSKA va “Bayer”da durang

12:14, 15 sentabr

Evropa chempionlar ligasi “E” guruhi 1-turida “Tottenxem” jamoasi o`z maydonida “Monako” futbolchilarini qabul qildi. Guruhning ikkinchi o`yinida esa SSKA safarda “Bayer” bilan kuch sinashdi.

Londonda o`tkazilgan bellashuvda “Tottenxem” kutilmaganda “Monako”ga imkoniyatni boy berib qo`ydi. Silva va Lemarning aniq zarbalariga Tobi Alderveyreld bitta gol bilan javob qaytardi.

“Tottenxem” – “Monako” 1:2

Gollar: Alderveyreld, 45 – Silva, 15, Lemar, 31

Rossiya chempioni SSKA esa Germaniyaning “Bayer” klubi bilan irodali durangga erishdi. 0:2 hisobida ortda borayotgan “harbiylar” 2 daqiqa ichida hisobni tenglashtirib, mag`lubiyatdan saqlanib qoldi.

“Bayer” – “SSKA” 2:2

Gollar: Mexmedi, 9, Chalxanoglu, 15 – Dzagoev, 36, Eremenko, 38 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!