Fazliddin G`oibnazarov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlariga o`z munosabatini bildirdi

12:37, 15 sentabr

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda boks bo`yicha Rio Olimpiadasi sovrindori Fazliddin G`oibnazarovning muxlisasi bilan tushgan surati tarqaldi. “Olamsport” nashri sportchi bilan bog`lanib, vaziyatga oydinlik kiritdi

"Men u qizni tanimayman. Oldimga ko`plab muxlislar va muxlisalar suratga tushgani kelishadi. U ham mana shundaylardan biri. Ko`rinishidan u erkatoyroq qiz. Har kim turlicha suratga tushadi. Buni jiddiy qabul qilayotganliklaridan hayronman. Yaqinlarim meni juda yaxshi bilishadi. Buni sizlarga ham aytaman. Shunchaki oldimga keldi va suratga tushdi. O`sha suratni ijtimoiy tarmoqqa joyladi", - deydi Olimpiada chempioni.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!