O`zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 6 pog`onaga ko`tarilib, 49-o`rindan joy oldi

14:40, 15 sentabr

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) terma jamoalarning yangi reytingini e`lon qildi. Yangi reytingga ko`ra, O`zbekiston terma jamoasi 55-o`rindan 49-pog`onaga ko`tarilib oldi.

Avvalgi oyda 560 ochkoga ega bo`lgan O`zbekiston terma jamoasi bu safar 621 ochko bilan 49-o`rinda bormoqda. Osiyo mamlakatlar orasida terma jamoamiz Eron (712 ochko), Avstraliya (643 ochko) va Janubiy Koreya (634) termalaridan keyin to`rtinchi bo`lib turibdi.

FIFA reytingini hamon Argentina boshqarib bormoqda. Ular hisobida 1646 ochko mavjud. Belgiya (1369 ochko) ham ikkinchi o`rinni saqlab qoldi.  Germaniya (1347) terma jamoasi Kolumbiyani (1323)to`rtinchi o`ringa tushirib, uchinchi pog`onaga ko`tarilib oldi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!