BMT majlisi O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti xotirasi hurmatiga bir daqiqa sukut saqlash bilan ochiladi

15:40, 15 sentabr

Shu yil 16 sentyabr kuni o`tkaziladigan BMT Bosh Assambleyasining birinchi yalpi majlisi kun tartibining asosiy bandlaridan biri “O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirish” bo`ladi. Bu haqda “Jahon” AA xabar berdi.

Tadbir chog`ida BMT besh mintaqaviy guruhi (Osiyo mamlakatlari, Afrika, Sharqiy Evropa, Lotin Amerikasi va Karib havzasi, G`arbiy Evropa guruhlari) nomidan, shuningdek, mezbon mamlakat sifatida AQSh hamda O`zbekiston delegasiyasi tomonidan chiqishlarning tinglanishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o`tamiz: BMT Bosh Assambleyasi tarkibiga dunyoning 193 mamlakati kiradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!