Bir xil kiyinadigan keksa er-xotin ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi(Foto)

15:55, 15 sentabr 2016

AQShning Nyu-York shahrida yashovchi keksa er-xotin Facebook, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo`lib ketdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.  

Pensionerlarning bir xil rang va uslubdagi kiyimlarda tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoqqa ularning nevarasi joylashtirdi. 

“Bobom va buvim 52 yildan beri birga yashaydi. Ular hozirga qadar liboslarini bir-birlarinikiga moslab kiyadi”,—deydi 17 yoshli Entoni.

Fren va Ed Garkuillarning suratlari qisqa fursat ichida 80 mingta “layk” yig`di. Bu vaqt ichida aksariyat g`arb OAVlari er-xotin bilan bog`lanib, suhbat uyushtirdi. 

Keksa juftlik dastlab faqatgina raqs maktablariga qatnash uchungina bir xil kiyim kiyishardi. Keyinchalik esa ular hamma joyga bir xil kiyimda boradigan bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!