Rio–2016. O`zbekiston delegasiyasi Paralimpiya o`yinlarining 8-kunida medallarsiz qoldi

09:21, 16 sentabr

Rio–2016 Paralimpiya o`yinlarining sakkizinchi kunidan o`rin olgan barcha musobaqalar o`z nihoyasiga etdi.

Ushbu kun doirasidan O`zbekiston sharafini faqat bittagina sportchi himoya qildi. Ayollar o`rtasidagi yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Dilafruzxon Axmatxonova 6 ta urinishdan so`ng 7,87 metrlik natijani qayd etdi va oltinchi o`rindan joy oldi.

Medallar reytingida O`zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 6 ta kumush va 17 ta bronza, jami 30 ta medal bilan 13-pog`onada bormoqda. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!