Evropa Ligasi. "Zenit" dramatik o`yinda irodali g`alabaga erishdi

09:43, 16 sentabr

Evropa Ligasi turnirining "D" guruhi 1-turida Rossiyaning "Zenit" jamoasi safarda Isroilning "Makkabi" futbolchilari bilan o`zaro bahs olib bordi.

Dramatik kechgan o`yinda "peterburgliklar" 0:3 hisobida ortda borayotib, o`yin tugashiga 20 daqiqa qolganida 4 ta gol urib,  3 ochkoga ega bo`lishdi. 

Guruhning yana bila o`yinida Gollandiyaning "AZ Alkmar" klubi o`z maydonida Irlandiyaning "Dandolk" klubiga qarshi bahs yuritdi. Ushbu o`yinda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. 

“Makkabi” – “Zenit” 3:4
Gollar:
1:0 – 26 Medunyanin, 2:0 – 50 Kyartansson, 3:0 – 70 Medunyanin, 3:1 – 76 Kokorin, 3:2 – 84 Maurisio, 3:3 – 86 Juliano, 3:4 – 90 Jorjevich.
“Makkabi” Tel-Aviv – Raykovich, Dasa, Ben Xaim, Filipenko, Ben Xarush, Medunyanin, Alberman, Igebor, Ben Xaim (Peres, 85), Kyartansson (Ben Basat, 75), Benayun (Mixa, 79).
“Zenit” – Lodigin, Smolnikov, Netu, Krishito, Jirkov (Novoselsev, 90), Kokorin, Vitsel, Garsiya (Maurisio, 71), Mak, Juliano, Kerjakov (Jorjevich, 61).
Ogohlantirishlar: Kokorin (19), Garsiya (57), Vitsel (60), Raykovich (77), Dasa (78), Mixa (83), Medunyanin (87).
Chetlatish: Dasa (81).

“AZ Alkmar” – “Dandolk” 1:1
Gollar:
1:0 – 60 Vyuytens, 1:1 – 89 Kildaff.
“AZ Alkmar” – Rochet, Yoxansson, van Eyden, Vlar, Xaps, Lyukkassen, van Overem, Vyuytens (Rinstra, 66), Jaanbaxsh (Bel Xassani, 75), Fraydey (Vegorst, 55), Souza.
“Dandolk” – Rojers, Gennon, Gartlend, Boyl, Messi, Mauntni (Benson, 77), O`Donnell, Finn, Xorgan, Makmillan (Shilds, 75), Makileni (Kildaff, 84).
Ogohlantirishlar: O`Donnell (45), Benson (85), Yoxansson (87), Kildaff (90).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!