Fazliddin G`oibnazarov: “Siz qilayotgan gumonlar hayotdan yiroq”

09:59, 16 sentabr

Rio-2016 Olimpiya o`yinlari chempioni, bokschi Fazliddin G`oibnazarov o`zining Facebook`dagi sahifasida yaqindagina tarqalgan suratlariga yana bir munosabat bildirar ekan, o`zining xulqi haqidagi mish-mishlar hayotdan yiroq ekanligini ta`kidlab o`tdi. 

“Assalomu alaykum, azizlar. Barchangizga qo`llab-quvvatlab, ko`rsatgan e`tiboringiz uchun katta rahmat. Kuni kecha muxlislar bilan tushgan suratimizni o`z bilganicha talqin qilgan insonlarga qarata aytmoqchiman. Allohga behisob shukrki, ikki shirindan-shakar farzandim va sevib uylangan ayolim bor. Ular men uchun juda aziz. Siz bunday gaplar aytishdan oldin o`zganing shaxsiy hayotining shu jihatlarini mulohaza qilib ko`rishingizni iltimos qilardim. Allohga shukr, davlatimiz, xalqimiz qo`llab-quvvatlab turgani uchun chempion bo`ldik. Biz o`zimizdan ketib qolganimiz yo`qki, suratga tushishni so`ragan kishilarga rad javobi bermadik. Suratga tushishni istagan insonlarning barchasiga, akamiz, ukamiz, opamiz va singlimiz kabi qaraymiz. Albatta, siz qilayotgan gumonlar, sizning boshingizga kelayotgan xayollar hayotdan yiroq”.

Ijtimoiy tarmoqlarda bokschining begona qiz bilan tushgan surati tarqalganidan so`ng, u vaziyatga oydinlik kiritgan va u qizni tanimasligini aytgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!