Saylov okruglarini tuzish to`g`risida MSKning qarori e`lon qilindi

10:15, 16 sentabr

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi saylov okruglarini tuzish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Qarori O`zAda e`lon qilindi.

“O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 9, 14-moddalariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

Q A R O R   Q I L A D I:

1. Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi quyidagi saylov okruglari tuzilsin:

1-Qoraqalpog`iston saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Yoshlar markazi binosi, Nukus shahri, Qoraqalpog`iston ko`chasi, 23-uy.

Saylovchilar soni – 1188763 kishi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi chegarasi doirasida.

2-Andijon saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Andijon viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi binosi, Andijon shahri, Alisher Navoiy shoh ko`chasi, 32-uy.

Saylovchilar soni – 1984247 kishi.

Andijon viloyati chegarasi doirasida.

3-Buxoro saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Buxoro viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi binosi, Buxoro shahri, Alisher Navoiy shoh ko`chasi, 3-uy.

Saylovchilar soni – 1265163 kishi.

Buxoro viloyati chegarasi doirasida.

4-Jizzax saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Respublika Ma`naviyat targ`ibot markazi Jizzax viloyati bo`limi binosi, Jizzax shahri, Sharof Rashidov shoh ko`chasi, 70-uy.

Saylovchilar soni – 844309 kishi.

Jizzax viloyati chegarasi doirasida.

5-Navoiy saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – “Farhod” madaniyat saroyi binosi, Navoiy shahri, Xalqlar do`stligi shoh ko`chasi, 58-uy.

Saylovchilar soni – 641380 kishi.

Navoiy viloyati chegarasi doirasida.

6-Namangan saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Yoshlar markazi binosi, Namangan shahri, Alisher Navoiy ko`chasi, 15-uy.

Saylovchilar soni – 1771067 kishi.

Namangan viloyati chegarasi doirasida.

7-Samarqand saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Samarqand davlat universiteti qoshidagi 2-akademik lisey binosi, Samarqand shahri, Rudakiy ko`chasi, 237-uy.

Saylovchilar soni – 2373738 kishi.

Samarqand viloyati chegarasi doirasida.

8-Sirdaryo saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Sirdaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi binosi, Guliston shahri, Mustaqillik ko`chasi, 66-uy.

Saylovchilar soni – 529810 kishi.

Sirdaryo viloyati chegarasi doirasida.

9-Surxondaryo saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – 1-bolalar musiqa va san`at maktabi binosi, Termiz shahri, Alisher Navoiy ko`chasi, 12-«V» uy.

Saylovchilar soni – 1581214 kishi.

Surxondaryo viloyati chegarasi doirasida.

10-Toshkent viloyati saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Toshkent viloyati moliya boshqarmasi binosi, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko`chasi, 17-uy.

Saylovchilar soni – 1943289 kishi.

Toshkent viloyati chegarasi doirasida.

11-Farg`ona saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – O`zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Farg`ona viloyati kengashi binosi, Farg`ona shahri, Sayilgoh ko`chasi, 27-uy.

Saylovchilar soni – 2417891 kishi.

Farg`ona viloyati chegarasi doirasida.

12-Xorazm saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – “Barkamol avlod” bolalar markazi binosi, Urganch shahri, G`afur G`ulom ko`chasi, 1-uy.

Saylovchilar soni – 1167263 kishi.

Xorazm viloyati chegarasi doirasida.

13-Qashqadaryo saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – “O`zgeoburg`uneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasi binosi, Qarshi shahri, Mustaqillik ko`chasi, 35-uy.

Saylovchilar soni – 1984042 kishi.

Qashqadaryo viloyati chegarasi doirasida.

14-Toshkent shahar saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Toshkent shahar hokimligi ma`muriy binolardan foydalanish departamenti binosi, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko`chasi, 14-uy.

Saylovchilar soni – 1742833 kishi.

Toshkent shahri chegarasi doirasida.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!