Baxt gormonini ulashuvchi meva

10:21, 16 sentabr

1. Banan, hatto, chaqaloqlarda ham allergiyaga sabab bo`lmaydigan yagona meva hisoblanadi.

2. A`lo kayfiyat bag`ishlaydi. Tarkibidagi triptofan moddasi baxt gormoni ishlab chiqarilishini rag`batlantiradi. Shuning uchun meva tanovulidan so`ng kayfiyatingiz ko`tarila boshlaydi. 

3. Suyaklarni mustahkamlaydi. Banan kalsiy moddasining organizmdan suyuqlik orqali chiqib ketishining oldini oladi va suyaklar mustahkamligini ta`minlaydi. 

4. Ichak mikroflorasini yaxshilaydi. Banan tarkibidagi fermentlar ovqat yaxshi hazm bo`lishiga yordam beradi. Shuningdek, jig`ildon qaynashidan xalos etadi.

5. Qabziyatda ham foydali. Muntazam ravishda banan iste`mol qiluvchi kishilar orasida qabziyatdan aziyat chekadiganlari uchramaydi. 

7. Oshqozon yarasida iste`mol qiling. U oshqozon devorini o`rab olib, agressiv moddalar va kislotalar ta`siridan himoyalaydi. Bu esa oshqozondagi yaralarning tez bitishiga ko`maklashadi.

8. Shifokorlar diareyadan aziyat chekuvchilarga ham bu mevani ta`qiqlashmaydi. 

9. Tarkibidagi kaliy moddasi tufayli jismoniy mashqlardan so`ng oyoq mushaklarining tortishib qolishdan himoyalaydi. Shuningdek, oyoqdagi shishlardan xalos bo`lishga ko`maklashadi. 

10. Banan tarkibidagi temir moddasi anemiyaning oldini olishda muhim ozuqa hisoblanadi va immunitetni mustahkamlaydi. 

11. Hashorot chaqqanida bananning po`stilog`ining ichki tarafini bossangiz, qichishishdan xalos etadi. 

12. Chekishni tashlayotganlarga tavsiya etiladi. Tarkibidagi ko`plab vitaminlar va magniy moddasi nikotin qoldiqlarining organizmdan chiqarib yuborishga yordam beradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!