Evropa Ligasi. Odil Ahmedov 62 daqiqa o`ynagan o`yinda “Krasnodar” “Red Bull”dan ustun keldi

10:30, 16 sentabr

Evropa Ligasi “I” guruhi birinchi turida O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Odil Ahmedov to`p surayotgan “Krasnodar” klubi safarda Avstriyaning “Red Bull” jamoasi bilan to`qnash keldi.

Murosasiz va qiziqarli kechgan o`yinning 37-daqiqasida Joaozino tomonidan kiritilgan yagona gol “Krasnodar” g`alabasini ta`minladi. Odil Ahmedov mazkur o`yinda 62 daqiqa harakat qildi.

Guruhning ikkinchi o`yinida Fransiyaning “Nissa” klubi o`z maydonida Germaniyaning “Shalke 04” jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

“Red Bull” – “Krasnodar” 0:1
Gol:
0:1 – 37 Joaozino.
“Red Bull” – Valke, Uizdom (Layner, 30; Vanderson, 80), Paulo Miranda, Chaleta-Sar, Ulmer, Samasseku (Dabur, 73), Upamekano, Minamino, Berisha, Lazaro, Soriano.
“Krasnodar” – Krisyuk, Endjeychik, Naldo, Grankvist, Petrov, Kuassi, Kabore, Podberezkin (Laborde, 60), Odil Ahmedov (Gazinskiy, 62), Joaozino (Kaleshin, 74), Smolov.
Ogohlantirishlar: Petrov (47), Kabore (51), Samasseku (67), Laborde (86), Soriano (90).
Chetlatish: Petrov (71).

“Nissa” – “Shalke 04” – 0:1
Gol:
0:1 – 75 Baba.
“Nissa” – Kardinal, Bess, Dante, Sarr, Rikardu Pereyra, Kozello (Bodmer, 67), Sipren, Seri, Dalbert (Belxanda, 81), Balotelli, Plea.
“Shalke-04” – Fermann, Xevedes, Naldo, Nastasich, Baba, Goretska (Kolashinas, 90), Stambuli (Mayer, 58), Bentaleb, Shopf (Konoplyanka, 53), Embolo, Shupo-Moting.
Ogohlantirishlar: Baba (32), Stambuli (44), Seri (71), Balotelli (90). 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!