Evropa Ligasi. O`z maydonida autsayderga yutqazgan “Inter” barchani hayratga soldi

10:58, 16 sentabr

Evropa Ligasi "K" guruhi 1-turida Italiyaning "Inter" damoasi o`z uyida Isroilning "Xapoel" klubiga qarshi bahs olib bordi.

Mazkur o`yin kutilmagan natija bilan yakun topdi. Franku de Bur shogirdlari 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo`ydi.

Guruhning ikkinchi o`yinida “Sautgempton” qiyinchiliksiz “Sparta” futbolchilarini mag`lubiyatga uchratdi. Charli Ostinning dubli va Rodrigesning goli  “avliyolar”ning yirik g`alabasini ta`minladi.

“Inter”  – “Xapoel Beer-Sheva” 0:2 
Gollar:
0:1 – 54 Migel Vitor, 0:2 – 69 Buzaglo. 
“Inter” – Xandanovich, D`Ambrozio, Ranokkiya, Murilo, Nagatomo, Medel, Melo (Ikardi, 73), Brozovich (Banega, 46), Biabiani (Kandreva, 58), Palasio, Eder.
“Xapoel” – Goresh, Taa, Migel Vitor, Sedek, Bitton, Xoban, Ogu, Korxut (Turgeman, 85), Buzaglo (Saar, 77), Lusio Maranyao (Melikson, 67), Nvakaeme. 
Ogohlantirishlar: Buzaglo (36), Bitton (43), Murilo (53), Turgeman (86), Taa (90).

“Sautgempton”  – “Sparta”  3:0 (2:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 5, penalti Ostin, 2:0 – 27 Ostin, 3:0 – 90 Rodriges. 
“Sautgempton” – Forster, Martina, Yosida, van Deyk, Targett, Romeu (Devis, 83), Xeyberg, Uord-Prouz, Tadich (Redmond, 70), Long, Ostin (Rodriges, 77).
“Sparta” – Koubek, Golek, Nxamoynesu, Kadles, Karavaev, Shural (Pulkrab, 75), Vaxa (Marechek, 64), Sachek, Fridek, Yulish (Lafata, 46), Kadles. 
Ogohlantirishlar: Kadles (70), Romeu (78), Pulkrab (88).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!