Jennifer Lopesdan 8 maslahat

10:59, 16 sentabr

1. Yuzingizni yuvib bo`lishingiz bilan yumshatuvchi kremlarni surting. Chunki yuz terisi yuvilganidan 60 soniya o`tiboq qurishni boshlaydi.

2.  Epilyasiya muolajasidan avval suyuqlik ichmang. Bu muolajadan oldin ichilgan bir stakan suv ham jarayonning og`riqli kechishiga olib keladi.

3.  Hafzalarda cho`milishdan oldin sochlaringizni mineral suv  bilan namlang. Shunda tuzlar va xlor sochlarga zarar etkaza olmaydi.

4.  Tonal kremini yuzga barmoqlaringizning uchida surtganingiz ma`qul. Juda bo`lmaganda, qalin sponj yoki mo`yqalamdan foydalaning. Aslo paxtali tamponchalardan emas. Chunki paxta tonal kremi tarkibidagi hamma namlikni shimib olib, yuz teringizga hech narsa qoldirmaydi.

5.  Agar yuz terisi qurib, qichishish paydo bo`lsa, qazg`oqqa qarshi shampun bilan yuzni yuving. Shampun tarkibidagi rux moddasi yuzdagi noxushliklardan bartaraf etadi.

6.  Bayramona turmaklardan so`ng sochlarni shampunga bir qoshiq iste`mol sodasidan qo`shib yuving. Bu usul sochlarni tozalab, unga jozibali ko`rinish beradi.

7.  Tishlarni nonushtadan oldin yuving. Tishlarni nonushtadan keyin yuvgan ayollardan ko`ra tishlarni nonushtadan oldin yuvgan ayollarning yuz terisi sog`lom va go`zal ko`rinadi. Tuni bilan og`izda yig`ilgan bakteriyalardan, albatta, xalos bo`ling.

8.  Cho`milganda ham, suv ichganda ham faqat iliq, xona haroratidagi suvdan foydalaning. Bu teringiz quruqshab qolishining oldini oladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!