Zlatan Ibragimovich O`zbekistonda Google’da eng ko`p qidiriladigan APL futbolchisi ekani ma`lum bo`ldi

12:37, 16 sentabr

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich Google  qidiruv tizimida 120 mamlakat orasida eng ko`p qidiriladigan futbolchiga aylandi. Bu haqda iSport.ua xabar bermoqda.

Shuningdek, Zlatan Ibragimovich bir qator mamlakatlarda, shu jumladan, O`zbekistonda APLda to`p surayotgan futbolchilar orasida eng ko`p qidirilgani bo`ldi. Mazkur mamlakatlar orasida Rossiya, Ukraina, Osiyoning bir nechta mamlakatlari, Skandinaviya davlatlari ham bor.

Zlatan hatto Fransiyada ham eng ko`p qidirilgan futbolchi bo`ldi. U ushbu ko`rsatkich bo`yicha fransiyalik klubdoshi Pol Pogbani ham ortda qoldirdi.

Dunyoning eng qimmat futbolchisi bo`lgan Pol Pogba 29 mamlakatda eng kzp qidiridgan APL futbolchisi bo`ldi. Avstraliya, Kanada va Afrika davlatlarida uni Google tizimida eng ko`p qidirishgan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!