Lavashdan 8 xil rulet

14:40, 16 sentabr

Asosiy mahsulot lavash xamiri (oila a`zolarning soniga qarab 2-3 tasi ishlatiladi).
 

1.  Mayda to`g`ralgan 100 gr. krab qalamchasi, 2 bo`lak sarimsoq, 2 dona qaynatilgan tuxum va yarim bog` shivitni 50 gr. qirg`ichdan o`tkazilgan pishloq hamda 2 osh qoshiq mayonez bilan aralashtiring. Ta`bga ko`ra tuz qo`shing.

2.  100 gr. yog`siz tvorog, 100 gr qirg`ichdan o`tkazilgan pishloq, 2 ta tuzlangan bodring, yarim bog` shivit, tuz. Bodring va ko`katni mayda to`g`rab, tvorog va pishloq bilan  aralashtiring. 

3.  50 gr marinadlangan qo`ziqorin, 200 gr eritilgan pishloq, 2 ta tuzlangan bodring, qora murch. Pishloqni ozroq qaynagan suv bilan aralashtirib, o`rtacha kattalikda to`g`ralgan qo`ziqorin va bodringni qo`shing. Murch oxirida qo`shiladi. 

4.  150 gr konservalangan baliq, 2 ta barra bodring, yarim bog` shivit, 2 osh qoshiq mayonez, 50 gr qirg`ichdan o`tkazilgan pishloq. Baliq, bodring va shivitni mayda to`g`rab, mayonez va pishloqqa qo`shing. 

5.  200 gr qaynatilgan go`sht, 2 dona qaynatilgan tuxum, 2 osh qoshiq mayonez, 100 gr qaynatilgan guruch, yarim bog` shivit, tuz. Barcha masalliqlar to`rtburchak shaklida to`g`ralib, mayonez bilan aralashtiriladi. 

6.  150 gr piyoz bilan qovurilgan go`sht qiymasi, 100 gr mayda to`g`ralgan pishloq, bitta to`rtburchak shaklida kesilgan qizil bulg`or qalampiri, 2 ta somoncha shaklida to`g`ralgan bodring, tuz. Barchasini aralashtirib olsangiz kifoya. 

7.  2 tadan qaynatilgan qizil lavlagi va sabzini qirg`ichdan o`tkazing. Bitta sarimsoqni ezg`ilab oling. Masalliqlarni 100 gr maydalangan yong`oq va 2 osh qoshiq mayonezga qo`shasiz. 

8.  200 gr tvorogga, to`rtburchak shaklida to`g`ralgan bitta banan va 2 ta kivini qo`shing. 2 osh qoshiq smetana, 50 gr maydalangan yong`oq va 1-2 osh qoshiq qand upasini ham soling-da, aralashtiring. Dasturxonga tortishda rulet kesimi ustiga smetana surtish mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!