Lionel Messining akasi sudlandi

15:04, 16 sentabr

Argentina terma jamoasi hamda “Barselona” klubi  hujumchisi Lionel Messining akasi Matias Messi sud sud oldida javob berdi. Bu haqda Sport-Express.ru sayti xabar bermoqda.

34 yoshli Matias o`qotar qurolni noqonuniy saqlagashda ayblandi. Biroq sudya uning ishini davom ettimaslikka hamda jamoat ishlariga jalb qilishga qaror qildi. Messining akasi haftasiga 4 soat davomida mahalliy futbol maktablarida dars berishi kerak bo`ladi.

Bundan tashqari unga giyohvandlik moddalari va alkogol ichimliklar iste`mol qilish taqiqlandi. Matias Messi, shuningdek, 8 ming peso miqdorida jarima ham to`laydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!