Amerikalik teleboshlovchi Trampning mashhur turmagini to`zg`itib yubordi(Video)

15:20, 16 sentabr

Taniqli teleboshlovchi Jimmi Fellon AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning mashhur turmagini hurpaytirib qo`ydi. Bu The Tonight Show dasturining jonli efirida yuz berdi, deb yozadi “TASS”. 

“Prezident bo`lguningizga qadar bir jinnilik qilsam maylimi?”,—deb so`radi Fellon Trampdan.

“Yaxshi. Meni bir soatdan keyin Nyu-Gempshirda kutishyapti. Umid qilamanki, saylovchilar to`g`ri tushunadi”,—javob berdi siyosatchi.

Shundan so`ng Fellon Trampning turmagini hurpaytirib qo`ydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!