Angliyada darvozabon benihoya chiroyli gol muallifiga aylandi (Video)

15:44, 16 sentabr

Angliya kubogi doirasida o`tkazilgan "Spennimur Taun" va "Redkliff Boro" uchrashuvida antiqa vaziyat sodir bo`ldi.

"Spennimur Taun" darvozaboni Den Louson o`z darvozasi yonidan shunday kuchli zarba berdiki, to`p to`g`ri borib raqib jamoa darvozasidan joy oldi. Darvozabon turgan nuqtadan raqib darvozasigacha qariyb 73 metr masofa bo`lgan

Ushbu uchrashuvda "Spennimur Taun" jamoasi 5:3 hisobida zafar quchdi. Ajoyib golni esa quyidagi videolavha orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!