Bugun Toshkent aholisi oy tutilishining guvohi bo`ladi

16:31, 16 sentabr

16 dan 17 sentyabrga o`tar kechasi oy tutilishi sodir bo`ladi. Bu shu yil hisobidan eng so`nggisi bo`ladi. Ahamiyatli tomoni shundaki, u to`liq emas qisman sodir bo`ladi. Oy Erning soyasiga to`liq cho`mmaydi, balki sayyoraning yarim soyasiga aylanadi.

O`zbekistonda bu hodisani bulutli havo bo`lmagan taqdirda Toshkent vaqti bilan soat 21:53 dan 01:56 gacha kuzatish mumkin. Hodisa maksimal fazasiga soat 23:54 da etadi.  

Bu kechada oy ufqning tepasida bo`ladi. Erning yo`ldoshi biroz qizarib tundlashadi. Havo ochiq bo`lgan holatda Osmon jismining shimoliy qismi qorong`ulashishini guvohi bo`lish mumkin.

Qisman oy tutilishini mutaxassislarning fikricha teleskop orqali kuzatgan maqsadga muvofiq. Oddiy ko`z bilan astronomik hodisani ko`rish qiyin bo`ladi.

Ushbu oy tutilishi bu yil hisobidan so`nggisi bo`ladi. 2016 yilda umumiy hisobda ikkita quyosh va ikkita oy tutilishi hodisasi sodir bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!