Futzal. O`zbekiston termasi JCh–2016 so`nggi o`yinida Portugaliyaga engilib, turnirni tark etdi (Video)

09:00, 17 sentabr

Futzal bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi “A” guruhi 3-turida Evropa chempioni Portugaliyaga qarshi bahs olib bordi.

Mazkur o`yinda katta ustunlikka ega bo`lgan portugaliyaliklar yakunda 5:1 hisobida zafar quchishdi. 1 ochko bilan qolib ketgan O`zbekiston termasi pley-off bosqichiga yo`l ola bilmadi.

Eslatib o`tamiz, dastlabki o`yinda vakillarimiz Panamaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Kolumbiya bilan o`yinda esa 3:3 hisobidagi jangovar durang qayd etilgan.

“A” guruhi, 3-tur

Portugaliya – O`zbekiston 5:1

Gollar: Rikardino (10, 14, 22), Andre (26), Jo (35) - Tojiboev (11)

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!