Mel Gibson 9-marotaba ota bo`ladi

11:36, 17 sentabr

Gollivud aktyori va rejissyor Mel Gibson 9-marta ota bo`ladi.  Uning rafiqasi 25 yoshli Rozalind Ross homiladorligi ma`lum bo`ldi, deb yozadi “Lenta.ru”.

“Mel yana bir bor ota bo`lishidan baxtiyor. Ular Rozalind bilan baxtli lahzalarni intizor bo`lib kutmoqda”,—deyli Melning do`stlaridan biri.

U so`nggi ikki yil Melning hayotidagi eng baxtli damlar bo`lganini ham qo`shimcha qildi. Aktyorning hayotidagi baxtli hodisa 2017 yilda sodir bo`lishi kutilmoqda.  

Aktyor bilan 2 yildan beri birga yashovchi Ross uchun bu birinchi farzand. 

60 yoshli aktyorning 8 nafar farzandi bor. Ikki qiz va olti o`g`il. Robin Mur ilan nikohidan aktyor 6 farzandli bo`lgan. Rus aktrisasi Oksana Grigorevadan esa bir nafar qizi bor.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!