Gollivudda notanish shaxs to`rt kishini otib tashladi

13:12, 17 sentabr

Los-Anjelesda noma`lum jinoyatchi odamlarga qarata o`q uzdi. Buning oqibatida ikki kishi halok bo`ldi, yana ikki kishi og`ir tan jarohati oldi va ahvoli juda og`ir, deya xabar beradi KABC-TV Los Angeles telekanali.

Hodisa juma kuni kechqurun Sharqiy Gollivud hududida sodir bo`ldi.

Polisiyachilarning ma`lumotlariga ko`ra, gumondor shaxs voqea joyida g`oyib bo`lgan. Guvohlarning so`zlariga ko`ra, jinoyatchi qop-qora kiyimda bo`lgan.

Ushbu otishmada kimlarning aloqasi borligi haqida aniq ma`lumot yo`q.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!