UEFA Evropaning ikkita klubiga nisbatan intizomiy ish ochdi

13:27, 17 sentabr

Evropa futbol ittifoqi (UEFA) Polshaning “Legiya” hamda Germaniyaning “Borussiya D” klubilariga nisbatan intizomiy ish olchdi. Bu haqda iSport.ua xabar bermoqda.

“Borussiya D”ning “Legiya” ustidan erishgan 6:0 hisobidagi g`alabasidan so`ng UEFA klublarga nisbatan surishtiruv ishlarini boshlab yubordi.

Mazkur o`yinda polshalik muxlislar ommaviy tartibsizlik keltirib chiqargan, pirotexnika vositalaridan foydalangan va stadion chimiga turli buyumlar uloqtirgan, shuningdek, irqchilik ruhiyatiga oid so`zlarni ishlatgan.

Bundan tashqari, “Legiya” klubining muxlislari maydon nazoratchilariga nisbatan gaz balonlarini ishlatib, mehmonlar sektoriga o`tib ketishga uringan.

“Borussiya D” klubi muxlislari esa pirotexnika vositalarini ishlatib, maydonga turli buyumlar uloqtirishgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, surishtiruv ishi 28 sentyabrga kuni ko`rib chiqiladi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!