APL. “Manchester Siti”, “Arsenal” va “Lester” yirik g`alabalarni tantana qildi

21:49, 17 sentabr

Angliya chempionati 5-turidan o`rin olgan bir nechta o`yin o`z yakuniga etdi. Ushbu o`yinlarning barchasida yirik hisoblar qayd etildi.

Jumladan, “Manchester Siti” o`z maydonida “Bornmut” futbolchilari bilan bahs yuritib, 4:0 hisobida zafar quchdi. Safarda “Xall Siti” mehmoni bo`lgan “Arsenal” 4:1 hisobida, o`z maydonida “Byornli”ni qabul qilgan “Lester” 3:0 hisobida g`alaba qozondi.

Eslatib o`tamiz, turning ilk o`yinida mag`lubiyat nima ekanini bilmay kelgan "Chelsi" o`z maydonida "Liverpul" futbolchilariga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi

“Manchester Siti” – “Bornmut” 4:0 
Gollar: 1:0 – 15 de Bryuyne, 2:0 – 25 Ixeanacho, 3:0 – 48 Sterling, 4:0 – 66 Gyundogan.
“Manchester Siti” – Bravo, Otamendi (Stounz, 52), Klishi, Sanya, Kolarov, Fernandino, Gyundogan (Sane, 72), de Bryuyne (Aleysh Garsiya, 75), Sterling, Nolito, Ixeanacho.
“Bornmut” – Borus, Frensis, Deniels, Smit, Kuk, Serman, Ayb (Uilson, 46), Stanislas (Gradel, 74), Uilsher (Gosling, 68), King, Arter.
Ogohlantirishlar: Otamendi (24), Smit (86).
Chetlatish: Nolito (86).

“Xall Siti” – “Arsenal” 1:4
Gollar: 0:1 – 17 Sanches, 0:2 – 55 Uolkott, 1:2 – 79, penalti Snodgrass, 1:3 – 83 Sanches, 1:4 – 90 Jaka.
“Xall” – Yakupovich, Al-Muxammadi, Devis, Robertson, Meyler, Xaddlstoun (Meyson, 58), Klukas, Livermor, Snodgrass, Diomande (Maguayr, 42), Ernandes (Mbokani, 77).
Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, Uolkott (Peres, 88), Koklen, Sanches, Ozil, Ivobi (El-Nenni, 77), Kasorla Jjaka, 67).
Ogohlantirishlar: Kasorla (34), Chex (78).
Chetlatish: Livermor (40).

“Lester” – “Byornli” 3:0
Gollar: 1:0 – 45 Slimani, 2:0 – 48 Slimani, 3:0 – 78, avtogol Mi.
Lester – Siler, Morgan, Fuks, Simpson, Xut, Drinkuoter (King, 79), Amarti, Olbrayton, Marez (Grey, 85), Slimani, Vardi.
“Byornli” – Xiton, Kin, Uord, Louton, Mi, Defur (Vouks, 64), Xendrik, Marni, Boyd, Arfild (Gudmundsson, 57), Grey (Bemford, 79).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!