Andres Inesta “Barselona” safida tarixiy natija qayd etdi

09:14, 18 sentabr

“Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Andres Inesta “Leganes”ga qarshi kechgan va kataloniyaliklarning 5:1 hisobidagi g`alabasi bilan yakunlangan o`yinda maydonga tushib, jamoa safida 391-o`rinini o`tkazdi.

32 yoshli futbolchi “Barselona” safida eng ko`p o`yin o`tkazgan futbolchilar ro`yxatida himoyachi Migel Bernardo Byankettini natijasini takrorlab, uchinchi o`ringa ko`tarilib oldi.

“Barselona" safida eng ko`p – 505 o`yinni afsonaviy Xavi o`tkazgan. Karles Puyol 392 o`yin bilan ikkinchi o`rinda bormoqda. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!