Rio–2016 Paralimpiya o`yinlarida eronlik velopoygachi vafot etdi

14:24, 18 sentabr

Rio–2016 Paralimpiya o`yinlarining so`nggi kungi bellashuvlarida shossedagi velopoyga bahslarida ishtirok etgan eronlik Baxman Golbarnejad halokatga uchradi va hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Eronlik sportchila voqea joyida tez tibbiy yordam ko`rsatilishiga qaramay u kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etdi. Ushbu noxush hodisadan so`ng Paralimpiya shaharchasida Eron davtali va Paralimpiya harakati bayroqlari tushirildi.

Xalqaro paralimpiya qo`mitasi ushbu hodisa yuzasidan Baxman Golbarnejad oilasiga hamdardlik bildirdi. XV yozgi Paralimpiya o`yinlari yopilish marosimi eronlik sportchining xotirasiga 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!