Rio–2016. O`zbekiston paralimpiya termasi medallar reytingini 15-o`rin bilan yakunladi

14:31, 18 sentabr

Rio–2016 Paralimpiya o`yinlari so`nggi kunida Nozimaxon Qayumova nayza uloqtirish bahslarida jahon rekordini o`rnatgan holda oltin medalni qo`lga kiritib, Paralimpiya chempioniga aylandi.

Mazkur oltin O`zbekiston delegasiyasi uchun hisob bo`yicha sakkizinchisi bo`ldi. Bundan tashqari mamlakatimiz hisobida 6 ta kumush va 17 ta bronza medali bor. XV yozgi Paralimpiya yakunlariga ko`ra O`zbekiston medallar reytingida 15-o`rinni egalladi.

Kuchli uchlikdan Xitoy, Buyuk Britaniya va Ukraina terma jamoalari o`rin oldi. AQSh termasi 4-o`rinda joylashdi. 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!