Rio–2016 yakunlari. O`zbekistonlik paralimpiyachilar 6 ta jahon, 7 ta Paralimpiada va 12 ta Osiyo rekordi ni o`rnatdi

16:06, 18 sentabr

Rio-de-Janeyro shahrida o`tkazilgan XV yozgi Paralimpiya o`yinlarida o`zbekistonlik sportchilar o`z ishtirokini yakunladi. O`zbekiston paralimpiya jamoasi musobaqa dasturiga kiritilgan sportning 5 ta turida (engil atletika, suzish, dzyudo, o`q otish, og`ir atletika) 32 sportchi bilan ishtirok etdi.

Sportchilarimiz Paralimpiya o`yinlarining 31 medaliga – 8 ta oltin, 6 ta kumush, 17 bronzani qo`lga kiritib, umumjamoa hisobida 200 ga yaqin davlatlar o`rtasida 15-o`rinni (medallar soni bo`yicha 12-o`rin), Markaziy Osiyo davlatlari o`rtasida 1-o`rinni, MDH davlatlari o`rtasida Ukrainadan keyin 2-o`rin (Ukraina 171 sportchi bilan ishtirok etdi), Osiyo davlatlari o`rtasida Xitoydan keyin 2-o`rin (Xitoy 326 sportchi bilan ishtirok etdi) qo`lga kiritib turibdi.

Dzyudo sport turi bo`yicha O`zbekistone termasi umumjamoa hisobida 1-o`rinni egalladi. Sportchilarimiz tomonidan 6 ta jahon, 7 ta Paralimpiya o`yinlari va 12 ta Osiyo rekordi o`rnatildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!