"Manchester Yunayted" qatorasiga uchinchi o`yinda mag`lubiyatga uchradi

18:19, 18 sentabr

Angliya chempionati 5-turida "Manchester Yunayted" jamoasi safarda "Uotford" klubi mehmoni bo`ldi. Mazkur o`yinda Joze Mourino jamoasi kutilmaganda 1:3 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. 

Uchrashuvning 34-daqiqasida Kapu hisobni ochgan bo`lsa, 62-daqiqada Markus Reshford hisobni tenglashtirdi. 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Suniga shu zahoti gol kiritib, jamoasini oldinga olib chiqdi. So`nggi golni Troy Dini penaltidan kiritib, yakuniy hisobning 3:1 ko`rinishini ta`minladi. 

Qayd etish kerakki, Evropa Ligasini inobatga olganda "MYu" qatorasiga uchinchi mag`lubiyatni qabul qilib oldi. Bundan avval mankunianlar 1:2 hisobida "Manchester Siti"ga hamda Evropa Ligasida 0:1 hisobida "Feyenoord"ga mag`lub bo`lgandi.  

"Uotford" – "Manchester Yunayted" 3:1

Gollar: 1:0 – 34 Kapu, 1:1 – 62 Reshford, 2:1 – 83 Suniga, 3:1 – 90, penalti Dini.

"Uotford" – Gomes, Predl, Britos, Xolebas, Ketkart, Kapu (Suniga, 82), Bexrami, Pereyra, Yanmat (Amrabat, 51), Dini, Igalo (Saksess, 90).

"Manchester Yunayted" – De Xea, Smolling, Bayi, Shou (Depay, 85), Valensiya (Mata, 62), Fellayni, Pogba, Reshford, Marsyal (Yang, 38), Runi, Ibragimovich.

Ogohlantirishar: Pogba (75), Britos (77), Xolebas (77), Dini (86), Fellayni (88), Depay (89), Runi (90).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!