Italiya chempionati markaziy o`yinida “Inter” o`z maydonia “Yuventus”ni taslim qildi

09:03, 19 sentabr

Italiya chempionati 4-tur markaziy o`yinida “Yuventus” jamoasi safarda “Inter” mehmoni bo`lib, kutilmaganda 1:2 hisobida mag`lubiyatga uchradi.

O`yinning 66-daqiqasida Shtefan Lixshtayner hisobni ochgan bo`lsa, 68-daqiqada Mauro Ikardi muvozanatni tikladi. 78-daqiqaga kelib Ivan Perishich milanliklarga g`alaba keltirgan gol muallifi bo`ldi.

“Inter” – “Yuventus” 2:1

Gollar: 0:1 – 66 Lixtshtayner, 1:1 – 68 Ikardi, 2:1 – 78 Perishich.

“Inter” – Xandanovich, Miranda, Santon (Miange, 79), D`Ambrozio, Murilo, Joau Mariu, Medel (Melo, 75), Banega, Kandreva, Eder (Perishich, 69), Ikardi.

“Yuventus” – Buffon, Bonuchchi, Kellini (Pyasa, 80), Aleks Sandro, Benatiya (Bardzali, 26), Pyanich, Asamoa, Xedira, Lixtshtayner, Mandjukich (Iguain, 74), Dibala.

Ogohlantirishlar: Lixtshtayner (19), Bardzali (28), Asamoa (45), Medel (46), Banega (84).

Chetlatish: Banega (90).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!